Grinvudga 3 klubdan taklif bor

Mirjalol Normatov
22 avg 2023, 22:48
"Manchester Yunayted"dagi faoliyati yakunlangan futbolchi Meyson Grinvud bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan klublar bor.

21 yoshli forvardga uch davlat klublari - "Al Ittifoq", "Roma" va "Galatasaroy" kabi klublardan takliflar bor. O'z navbatida Saudiya klubi futbolchiga yiliga 10 mln funt maosh ham taklif qilib bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Grinvud o'tgan yilning yanvar oyida bo'lgan hodisa sababli MYUning barcha jamoalaridan chetlatilgan va shundan beri birorta o'yinda qatnashgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal