Grinvud kelajagi haqida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2023, 13:48
Angliyalik futbolchi qaror qabul qildi.

"Xetafe" vingeri Meyson Grinvud doimiy ravishda ispan klubida qolmoqchi, deya xabar berdi "The Sun". Futbolchi o'zini yangi klubda va yangi shaharda yaxshi his qilmoqda.

Angliyalik futbolchi "Xetafe"da ijara asosida o'ynamoqda. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi hamon kuchida. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Ispaniyaliklar futbolchini sotib olishni rejalashtiryaptimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.

22 yoshli vinger joriy mavsum La Ligada 6 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun