GRACIES MASCHE. "Kamp Nou" Maskerano bilan xayrlashdi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2018, 12:44
25 yanvar kuni "Barselona" Ispaniya Kubogi doirasida "Espanol"ga qarshi bahs o'tkazdi.

Ushbu o'yindan oldin "Kamp Nou"ga yig'ilgan ko'k-anorranglilar muxlislari Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubiga o'tgan Xaver Maskerano bilan xayrlashishdi.





TAS-IX



TAS-IX emas



Argentinalik futbolchi Xitoy klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va Maskerano bu vaqt ichida 19 mln. evro ishlab oladi.

Xaver Maskerano 2010 yilning 28 avgustida "Liverpul"dan "Barselona"ga o'tgan. Kataloniya klubi ushbu transfer uchun 24 mln. evro sarf qilgan edi. Argentinalik futbolchi 8 yil ichida ko'k-anorranglilar bilan Ispaniya Kubogi (4 marta), mamlakat Superkubogi (3 marta), LaLiga (4 marta), UEFA Chempionlar ligasi (2 marta), UEFA Superkubogi (2 marta), Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida (2 marta) g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia