Germaniyada Futbol Ligasi pandemiya davrida yana bir olqishli va namunali ishga qo'l urdi

14 may 2020, 20:39
Germaniya Futbol Ligasi hududiy liga va assotsiatsiyalarini pandemiya davrida qo'llab-quvvatlayotgani haqida Shahboz Beg'amov telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

GFL hududiy futbol ligalari hamda hududiy assotsiatsiyalariga pandemiya davrida ixtiyoriy ravishda 1,5 million evrodan kompensaciya to'laydi

GFI (Germaniya Futbol Ittifoqi) va GFL (Germaniya Futbol Ligasi) o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, hududiy liga va assotsiatsiyalar Bundesliga va Bundesliga 2 jamoalarining o'yinlaridagi chiptalar savdosidan tushadigan ma'lum foiz miqdorda pul olishardi. Mavsum yakuniga qadar chempionat o'yinlari muxlislarsiz o'tkazilishi va buning oqibatida hudidiy liga va assotsiatsiyalar daromadsiz qolishini oldini olish maqsadida GFL o'z ixtiyori bilan hududiy liga va assotsiatsiyalarga 1,5 milliondan kompensaciya pulini to'laydi.

Dastlab 750 ming evro kechiktirilmasdan to'lab berilsa, qolgan yarim qismi Bundesliga 26-tur o'yinlari o'tkazilishi bilanoq to'lanadi. Shartnoma bo'yicha fors-major holatida kompensaciya to'lashi majburiy emas. Shunchaki chempionat davom ettirilayotgani va o'yinlar muxlislarsiz o'tishi natijasida hududiy ligalar chiptalar savdosidan o'z ulushini ololmasligini inobatga olgan va majbur bo'lmagan paytda ham vijdoni qiynalgan GFL jentelmenlardek ish tutdi. Shunchaki respect!", - deb yozadi Shahboz Beg'amov o'zining telegramdagi kanalida.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia