Germaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023, 18:32
Bundestim murabbiylar shtabi o'z tanlovini amalga oshirdi.

Germaniya Futbol Assotsiatsiyasi Germaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o'yinlari uchun tarkibini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Kevin Trapp ("Ayntraxt"), Oliver Baumann ("Xoffenxaym”).

Himoyachilar: Robin Gosens ("Union"), Benjamin Xenriks ("Leyptsig"), Joshua Kimmix ("Bavariya"), Antonio Ryudiger ("Real"), Niko Shlotterbek ("Borussiya" Dortmund), Niklas Zyule ("Borussiya" Dortmund), Jonatan Ta ("Bayer"), Malik Tshau ("Milan").

Yarim himoyachilar: Feliks Nmecha ("Borussiya" Dortmund), Ilkay Gyundogan ("Barselona"), Yulian Brandt ("Borussiya" Dortmund), Paskal Gross ("Brayton"), Yonas Xofmann ("Bayer"), Jamol Musiala ("Bavariya"), Kay Haverc ("Arsenal"), Emre Jan ("Borussiya" Dortmund), Florian Virc ("Bayer").

Hujumchilar: Niklas Fyullkrug ("Verder"), Serj Gnabri ("Bavariya"), Leroy Sane ("Bavariya"), Kevin Shade ("Brentford").

Germaniya terma jamoasi Yaponiya (9 sentyabr) va Fransiya (12 sentyabr) bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bulinews