Germaniya chempionati. “Shalke” “Xoffenxaym”ni taslim etdi
18 fev 2018, 01:02
Germaniya chempionatining 23-turida “Shalke” uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
“Feltins-Arena”da “Xoffenxaym”ni qabul qilgan gelzenkirxenliklar Tilo Kerer va Bril Emboloning gollari evaziga zafar quchishdi. Mehmonlarning yagona goli Andrey Kramarich hisobiga yozildi.