Gattuzo Montellani o'rnini egallashi mumkin

1 dek 2019, 07:23
“Fiorentina” bosh murabbiyi Vinchenco Montella A seriya 14-turida o'z maydonida “Lechche”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z lavozimidan chetlatiladi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio.

“Fiorentina” so'nggi to'rt uchrashuvda atigi bir ochko to'plab, qolgan uchta o'yinda mag'lub bo'lgandi. Ushbu mag'lubiyatlarning ikkitasini jamoa A seriyaga endigina qaytgan “Verona” va “Lechche”dan qabul qilib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Montellaning klubdagi davri o'z nihoyasiga etgan va u iste'foga chiqariladi. Klub prezidenti Rokko Komisso jamoaning so'nggi uchrashuvini “Artemio Franki” tribunalarida kuzatgan va “Lechche”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin u stadion atmosferasidan kelib chiqib, murabbiyni iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qilib bo'lgan.

“Milan”ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzo ayni paytda Montellaning o'rnini egallashga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Жанлука Ди Марцио сайти