Gaskoyn: "Tushunmayman, u nega "Real"ga o'tmadi?"

Mirjalol Normatov
21 avg 2024, 23:57
Sobiq futbolchi Pol Gaskoyn hujumchi Xarri Keynning "Bavariya"ga o'tgani haqida gapirdi.

Angliyalik hujumchi o'tgan mavsumda Bundesliganing 32 o'yinida 36 gol urdi, biroq sovrin yuta olmadi.

"Uning nega "Real"ga emas, "Bavariya"ga o'tganini tushunmadim. Ispaniyada faqatgina shug'ullanib, futbol o'ynashmaydi, u yerda barchasidan lazzat olsa bo'ladi. Madrid - ajoyib shahar, Bellingem ham o'sha yerda.

Keyn Evroda o'zini ko'rsata olmadi. Menimcha, u o'zining transferidan mamnun emas, chunki Germaniya u istagan joylardanmas.

"Real"ga o'tgan ingliz futbolchilariga qarang: Makmanaman, Ouen, Bellingem... Ularga qarab, albatta, Keynga nega "Real"ga o'tmagani borasida savol berish mumkin", - dedi Gaskoyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal