Gamshik faoliyati yakunlanganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023
Slovakiyalik futbolchi faoliyatini tugatmoqda.

"Trabzonspor" yarim himoyachisi Marek Gamshik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

"Mavsum oxirida faoliyatimni yakunlayman. "Trabzonspor" men o'ynagan oxirgi klub bo'ladi. Men o'ynagan barcha klublardan minnatdorman. Juda xursandman va erishganlarimdan mamnunman", – dedi 35 yoshli yarim himoyachi.

Gamshik "Napoli"da o'ynagani bilan mashhur bo'lib, u yerda 12 yil davomida 520 ta o'yinda maydonga tushgan va klub rekordini qayd etgan. Ularda u 121 ta gol urgan – bu klub tarixidagi uchinchi ko'rsatkich.

Marek 136 o'yin bilan Slovakiya terma jamoasida rekordchi hisoblanadi.

Gamshik faoliyati davomida "Slovan", "Breshiya", "Dalyan Pro" va "Gyoteborg" klublarida ham to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: trabzonspor.org.tr