Gameyro “Sevilya” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

24 iyul 2013, 11:53
Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Kevin Gameyro “Sevilya” klubi tarkibiga kelib qo'shildi.

Tez orada futbolchi ispan klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Futbolchining transfer bahosi taxminan 10 mln. evro bo'lishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Gameyro 25 ta o'yinda maydonga tushgan va 8 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan.


Manba: sports.ru