

"Gvardiola men kabi futbol jinnisi. Mashg'ulot qilayotganimda yoki o'ynayotganimda, telefonimda futbolga oid biror narsani tomosha qilaman. Qisqa vaqt ichida Pep yaxshi insonligini bildim. U o'z faoliyati davomida qo'lga kiritgan barcha sovrinlariga munosib.
"Manchester Siti"ga o'tish qarorini qabul qilganimda, Gvardiolaning qo'ng'irog'i juda muhim edi. U menga loyihaning muhim qismi bo'lishimni tushuntirdi. U menga ishonayotganidan xursand bo'ldim va bu qaror qabul qilishda muhim rol o'ynadi" - deydi Jezus.



