Futzal. Vetnamdagi Osiyo chempionatining posterida Dilshod Irsaliev ham bor

Tolibjon Qosimov
28 apr 2014, 12:10
Futzal bo'yicha bu yilgi Osiyo chempionati 30 apreldan 10 mayga qadar Vetnamda bo'lib o'tadi.
Odatga ko'ra, AFC tomonidan ana shu musobaqa uchun maxsus poster chiqarildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Dilshod Irsalievning surati ham bor. Lekin, Irsaliev jarohati borligi uchun OCHda qatnasha olmaydi.



Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida O'zbekiston Yaponiya, Janubiy Koreya va Qirg'iziston terma jamoalariga qarshi "D" guruhida kurash olib boradi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia