Futzal. Osiyo chempionati. O'zbekiston o'rin olgan guruhda vaziyat qanday?

Iskandarov Abdulaziz
29 sen 2022, 19:30
Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

O'zbekiston o'rin olgan "B" guruhida bugun ikkinchi tur bahslari bo'lib o'tdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari navbatdagi uchrashuvda Tojikistondan ustun keldi (3:2). Turkmaniston esa Bahrayn bilan jangovar durang qayd etdi. (4:4).

Shunday qilib, O'zbekiston 6 ochko bilan peshqadam sifatida guruhdan chiqdi. Ayni paytda Tojikiston 3, Bahrayn va Turkmaniston 1 ochkoga ega.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia