Raqiblarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ga qur'a tashlandi

Tolibjon Qosimov
6 dek 2019
2020 yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Ashxobodda o'tkaziladigan qita chempionatiga bugun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a Ashxoboddagi “Olimpiya mehmonxonasi”da o'tkazildi. Unga ko'ra, 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga ajratildi.

YANGILASH


Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Vakillarimizga guruhda Bahrayn, Xitoy va Indoneziya terma jamoalari raqiblik qilishadi.


"A" guruhi

1. Turkmaniston

2. Vetnam

3. Tojikiston

4. Ummon


"B" guruhi

1. Yaponiya

2. Livan

3. Qirg'iziston

4. Quvayt


"C" guruhi

1. O'zbekiston

2. Bahrayn

3. Xitoy

4. Indoneziya


"D" guruhi

1. Eron

2. Tailand

3. Janubiy Koreya

4. Saudiya Arabistoni


Eslatib o'tamiz, Ushbu qita birinchiligi 2020 yil Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma beradi. Mundialda Osiyo qitasidan 5ta jamoa ishtirok etadi.



- Qur'a jarayoni boshlandi.

- Mezbon mamlakat vakili, OFK vakili Shin Mangil hamda Turkmaniston terma jamoasi sardori so'zga chiqdi.



O'zbekiston milliy terma jamoasi birinchi savatchadan joy olgan. Bizdan tashqari, birinchi savatchada mezbonlar Trukmaniston termasi, shuningdek Eron va Yaponiya joy olgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia