Futzal. "Maksam-Chirchiq" tugatiladimi?

Tolibjon Qosimov
17 sen 2014, 13:00
Futzal bo'yicha o'tgan yilgi O'zbekiston kubogi sohibi Chirchiqning "Maksam-Chirchiq" jamoasi tugatilishi mumkin.
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, klubning boshlanajak yangi mavsumda O'zbekiston chempionatida ishtirok etmaslik ehtimoli katta. Bunga asosiy sabab moliyaviy muammolar. O'tgan mavsum oxirlariga kelib "Maksam-Chirchiq"da moliyaviy tomondan bir qator muammolar yuzaga kela boshlagan edi, shu sababli jamoa chempionat oltin medallari uchun bahsdan juda erta chiqib ketgan edi. Aftidan, muammolar bartaraf etilmagan va o'zbek futzalida o'z o'rniga ega bo'lgan "Maksam-Chirchiq" jamoasi tugatilishi mumkin.

O'tgan mavsumni chirchiqliklar safida o'tkazgan o'yinchilarning asosiy qismi yangi tuzilgan "Olmaliq" jamoasi tarkibida mashg'ulot olib borishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia