Futzal. Ilhom Hamroev: "Chempionlik uchun kurashamiz"

Narzulla Saydullayev
15 okt 2021, 11:22
Jizzaxning "Xuaxin-Jizzax" futzal jamoasi Oliy liganing 1-turida AGMKga qarshi kechgan uchrashuvda g'alaba qozondi.

O'yindan keyin jizzaxliklar yetakchisi Ilhom Hamroev bilan suhbatlashdik.

- Qiyin o'yin bo'ldi, deb gap boshladi Hamroev. Bizda g'alaba ga bo'lgan ishtiyoq kuchli edi. Shu bois yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalanib yakunda g'alabaga erishdik.

AGMK haqida

- Men bu jamoada to'p tepganman va ularni juda yaxshi bilaman. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa hisoblanadi. Shu kuni biz chempionatning eng kuchli jamoasini mag'lubiyatga uchratdi k.

"Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyat xususida


- Yaratilgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Omad kelmadi. Bu esa mag'lubiyatga sabab bo'ldi.

Chempionlik uchun kurash borasida


- Chempionat bahslari endi boshlandi. Bu yil bir nechta jamoalar g'oliblik uchun kurashadi. Jumladan, biz ham bosh sovrinni qo'lga kiritishni istaymiz. Kamroq ochko yo'qotgan jamoa chempionlik unvonini qo'lga kiritadi.

Klubda yaratilgan sharoitlar to'g'risida


- Sharoitlar a'lo darajada. Viloyat hokimi va jamoa rahbariyati futbolchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Ularga shu o'rinda minnatdorchilik bildiraman.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia