Futzal. Ertaga O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 12:05
27 mart kuni poytaxtning “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha mamlakat Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu yilgi musobaqaning finalida qarshining “Do'stlik-AIN” hamda chirchiqning “Maksam-Chirchiq” jamoalari bahs olib borishadi.

Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, yarim finalda, “Do'stlik-AIN” va “Maksam-Chirchiq” mos ravishda “O'zsanoatqurilishbank” va “Lokomotiv” jamoalarini mag'lub eta oldilar.

Takidlash lozim, O'zbekiston Kubogining amaldagi sohibi toshkentning “Lokomotiv” jamoasi hisoblanadi.

O'zbekiston futzal Uyushmasi “Do'stlik-AIN” va “Maksam-Chirchiq” jamoalari o'rtasidagi bahsga muxlislarni va OAV vakillarini taklif qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz