Futzal. Eron Tailandga imkon qoldirmadi va finalga yo'llanma oldi

Mirjalol Normatov
7 okt 2022, 00:33
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining yarim final uchrashuvlari yakuniga etdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida Eron hamda Tailand termalari o'zaro bahs olib bordi va unda kutilganidek, eronliklarning qo'li baland keldi, 5:0.

Shu orqali Eron termasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bosh sovrin uchun bahsda ularga Yaponiya termasi raqiblik qiladi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa O'zbekiston hamda Tailand termalari o'zaro kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvlar 8 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia