Futzal. BMB "Oil Star"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, O'zbekiston Kubogini yutdi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024
O'zbekiston Kubogi finali doirasidagi "Oil Star" – BMB uchrashuvi yakuniga etdi.

Asosiy vaqtda 2:2 qayd etilgan bo'lsa, qo'shimcha taymlarda hisob o'zgarmadi va bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal etildi. Unda BMB 4:3 hisobida zafar quchdi va Kubokni o'ziniki qildi. 

O'zbekiston Kubogi

Final

"Oil Star" – BMB 2:2 (penaltilar bo'yicha – 3:4) 

"Yunusobod" sport majmuasi. 17:30

Gollar: Ilhom Hamroev 21', Husniddin Nishonov 34' – Bolt 14', 20'

"Oil Star" (dastlabki beshlik): 1.Rustam Umarov, 5.Artur Umurov, 7.Dilshod Rahmatov, 11.Behruz Samiev, 12.Shohjahon Shonazarov.

Zaxira: 13.Kamol Nazarov, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Feruz Faxriddinov, 10.Sohib Narzullaev, 14.Firdavsi Ravshanov, 18.Isoxon Ibragimov.

BMB (dastlabki beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 11.Bolt, 14.Joazino, 17.Muzaffar Ahadjonov, 26.Paulo Enrike.

Zaxira: 30.Asad Fozilov, 3.Mashrab Odilov, 5.Shahzod Sadiev, 9.Dilmurod Shavktov, 21.Doniyor Toxirov, 75.Lukas Nakazato, 77.Aleks Dias.


Foto: Tolibjon Qosimov



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia