Futbolchi sotib, daromad topish bo'yicha Fransiya klubi birinchi o'rinda

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 13:21
Futbolni taxlil qiluvchi jahonga mashhur CIES Football Observatory tadqiqotlar nashri transferlardan eng ko'p foyda ko'rgan klublar ro'yxatini e'lon qildi.

Kompaniya so'nggi sakkiz yillik bo'yicha ma'lumot berdi. 2010-2018 yillar ichida futbolchi sotishdan eng katta daromad topgan klub "Monako" ekan. Monegasklar 8 yil ichida sotib yuborilgan o'yinchilardan deyarli 1 mlrd evro (950 mln evro) daromad topgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli uchlikka "Liverpul" va "Roma" ham kiritilgan.

2010-2018 yillarda futbolchi sotib, daromad olish bo'yicha yaxshi natija qayd etgan klublar:

1. "Monako" (Fransiya) - 950 mln evro

2. "Liverpul" (Angliya) - 683

3. "Roma" (Italiya) - 680

4. "Barselona" (Ispaniya) - 628

5. "Real" (Ispaniya) - 625

6. "Chelsi" (Angliya) - 624

7. "Yuventus" (Italiya) - 620

8. "Benfika" (Portugaliya) - 618

9. "Borussiya" D (Germaniya) - 564

10. "Valensiya" (Ispaniya) - 514


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football-observatory.com