Franko Mastantuono: "Men Messi emasman va hech qachon u bo'lmayman, lekin "Real" tarixidagi eng yomon transfer ham emasman"

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2026, 13:35
"Real" yarim himoyachisi Franko Mastantuono o'ziga nisbatan bo'layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Argentinalik iqtidor egasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turidan o'rin olgan "Monako"ga qarshi o'yinda (6:1) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Tanqidlarni to'g'ri tushunaman. Bolaligimdan men haqimda doim gapirishadi - bu ham omadim, ham baxtsizligim. Meni "yangi Messi" deb ko'klarga ko'tarishlari yoki "Real" tarixidagi eng yomon transfer va haqiqiy falokat deb er bilan bitta qilishlari mumkin. Men o'zimni Messi deb hisoblamayman va hech qachon u bo'la olmayman, lekin "Real" tarixidagi eng yomon xarid ekanligimga ham ishonmayman.

Yaxshi sport formasida bo'lish va o'zimning eng yaxshi versiyamni ko'rsatish uchun tinimsiz mehnat qilyapman. G'arazli tanqidlar odamga azob beradi, lekin biz futbol elitasidamiz va bu yerda hamma narsa shunday ishlaydi", - dedi Mastantuono.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca