Fransiya Evro-2024'da Komanning xizmatlaridan foydalana olmaydi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2024, 17:22
Myunxenning "Bavariya" klubi va Fransiya terma jamoasi vingeri Kingsli Koman Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "L'Equipe" nashri yozmoqda.

27 yoshli futbolchi Bundesliganing 29-turidan o'rin olgan "Kyoln"ga (2:0) qarshi o'yinda tizzasidan jarohat oldi. Shu tariqa u 14 iyungacha tiklanishga ulgurmaydi.

Koman joriy mavsum "Bavariya" safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe