France Football bosh muharriri Messining "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Administrator
29 okt 2023, 22:59
Tarmoqlarda Lionel Messi o'zining sakkizinchi "Oltin to'p"ini qo'lga kiritish borasidagi xabarlar tarqalayotgandi.

France Football nashri bosh muharriri Vinsent Garsiya ushbu mish-mishlarga o'z izohini berib o'tdi.

- Janob, Messi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi haqida gapirishmoqda. Bu xabarlarning sizdirilishi sizni tashvishga solmayaptimi?

- Mish-mishlar har doim bo'lgan. Bu media o'yini. Biz oldindan "Oltin to'p" sohibini e'lon qilish istagi ko'pchilikda borligini bilamiz. Har doim ham mish-mishlar to'g'ri bo'lib chiqavermaydi, sababi haqiqatni kam inson biladi.

- Bu mavsum Messi va Xoland bu sovringa favorit. Ularning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Men o'z ovozimning sirliligini saqlashni afzal ko'raman. Dushanba kuni taqdirlash marosimi o'tkaziladi. Qolgan barcha tafsilotlar 4 noyabr kuni France Football gazetasida e'lon qilinadi, -deydi Vinsent Garsiya. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: TZ