Foto: Futbolchilarimiz plyaj futbolida o'zlarini sinab ko'rdilar

12 okt 2014, 22:22
Kecha Abu Dabiga yetib kelgan futbolchilarimiz maxsus dastur asosida tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdilar. Aslida ular o'tkazgan tiklanish mashg'uloti, 90 daqiqalik futbol o'ynash bilan teng bo'ldi.
Gap shundaki, ular avvaliga plyajda, qumda yugurdilar. Shundan so'ng Mirjalol Qosimov uchta tarkib tuzdi. Har bir tarkibda bittadan murabbiy o'rin oldi. Mirjalol Qosimov, Baxtiyor Ashurmatov va Pyotr Gizimchuk. Darvozabon ikki nafar bo'lganligi uchun, ular qumni tark etmadilar. Yutqazgan jamoa o'z navbatini suvda kutdi. Bunday mashqlarni Turkiyadagi yig'inlarim chog'ida "Bundesliga"ning ko'plab klublarida ko'rgan edim.  

Baxtiyor Ashurmatov yoshligini eslab, qaychi uslubida ajoyib gol urdi. Shag'al aralash qumda, ko'pchilikni oyoqlari shilindi ham. Quyida mazkur bahs suratlarini tomosha qiling, sifati uchun uzr, telefonda olingan.


Anzur Ismoilov hujumchi vazifasida


Eldor ustozi Pyotr Gizimchukka hech qanday imkoniyat qoldirmayapti


Tayanchdagi qo'rg'onlarimiz, Aziz Haydarov va Odil Ahmedov


Mullajonov ham rosa ter to'kdi


Jeparov jamoasini gol bilan tabriklayapti


Yutqizgan jamoa suvga "qamal" etildi


Qum bilan avtobusga chiqib bo'lmaydi-ku, shuning uchun plyajda yuvingan holda ortga qaytishdi


Nodirxo'ja Yuldashev
Abu Dabi

Manba: championat.asia