Florentino Peresni "taxtdan" ag'darishmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2019
Klubning sobiq prezidenti Visente Boluda bu ishni amalga oshirmoqchi.

"Real" klubining sobiq prezidenti Visente Boluda yana o'z lavozimiga qaytmoqchi. Ispan manbaalarining xabariga ko'ra, 64-yoshli ispaniyalik biznesmen va siyosatchi "Madrid"ga qaytsa, katta summa evaziga qator transferlarni amalga oshirish niyatida. 

- Menda pul bor. Biz jamoaga uch futbolchini olib kelishimiz zarur. "Real" tarkibini kuchaytirish kerak, - dedi Boluda.

Uch transfer deganda, Visente kimlarni nazarda tutgani noma'lum, u aniq ismlarni tilga olmagan. 

"Real" prezidentligiga saylov 2021 yil bo'lib o'tadi. Klubning hozirgi prezidenti Florentino Peres so'nggi ikki bor raqobatchi yo'qligi sababli ham, ovoz berishlarsiz qayta saylangan edi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realmadrid.ru