Flik Alkantara ketishga tayyor turganini aytdi

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 11:11
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartiradigan ko'rinadi.

"Tyago - biz uchun juda muhim futbolchi, u jamoa uchun doim borini beradi. Biroq Tyago yangi chaqiruvlarga tayyorligini aytdi", - dedi Xans-Diter Flik.

Bu ma'lumotni "Bavariya" boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge ham tasdiqladi.

"Muzokaralar o'tkazdik, biroq u bizga rozilik bermadi. Menimcha Tyago faoliyatidagi bir qismning nihoyasiga yetishini istamoqda", - dedi amaldor.

Tyagoga "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild