"Flamengo" Vidalga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

Alisher
16 mar 2022, 10:38
"Flamengo" "Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidalning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Braziliya klubi 34 yoshli chililik futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Vidal 2021/22 yilgi mavsum "Inter" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Futbolchining italyan jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira