"Flamengo" Braziliya chempioniga aylandi

Alisher
26 fev 2021, 12:35
"Flamengo" ketma-ket ikkinchi marta Braziliya chempioniga aylandi.

Jamoa so'nggi turda mehmonda "San-Paulu" mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ammo, bu muvaffaqiyatsizlik "qizil-qoralar"ning titul yutishlariga to'sqinlik qilmadi.

"Flamengo" 38 turdan so'ng 71 ochko jamg'arishdi. "Internasonal"da Rio-de-Janeyro jamoasidan o'tib ketish imkoniyati bor edi, ammo klub so'nggi turda "Korintians" (0:0)ni mag'lubiyatga uchrata olmadi.

Qo'shimcha qilish kerakki, bu chempionlik "Flamengo" uchun tarixdagi ettinchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia