"Fiorentina" yetakchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
27 sen 2023, 20:22
"Fiorentina" klubi matbuot xizmati hujumchi Nikolas Gonsales bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi.

Futbolchining Florenciya klubi bilan yangi bitimi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Niko Gonsales A Seriya doirasida 7 marta maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Фиорентина" клубининг "Твиттер"даги расмий саҳифаси