FIFAning 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun 10 nafar nomzod ma'lum

Narzulla Saydullayev
2 noya 2016, 18:43
FIFA futbol qo'mitasi 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun da'vogar bo'lgan 10 nafar mutaxassis nomini e'lon qildi.

Ro'yxatga quyidagi murabbiylar kirishdi: Kris Koulmen (Uels terma jamoasi, uelslik murabbiy), Dide Desham (Fransiya terma jamoasi, Fransiya), Xosep Gvardiola (Manchester Siti/Bavariya, ispaniyalik murabbiy), Yurgen Klopp (Liverpul, germaniyalik murabbiy), Luis Enrike (Barselona, Ispaniya), Maurisio Pochettino (Tottenxem, argentinalik murabbiy), Klaudio Raneri (Lester, italiyalik), Fernandu Santush (Portugaliya, Portugaliya), Diego Simeone (Atletiko, argentinalik murabbiy), Zinedin Zidan (Real, fransiyalik).

G'olib quyidagi tartibda aniqlanadi: 50 foiz ovoz terma jamoa murabbiylari va sardorlari tomonidan beriladi, qolgan 50 foiz ovoz muxlislar va 6 mamlakatdan bo'lgan 200 jurnalist tomonidan beriladi.

Yakuniy uchlik 2 dekabr kuni e'lon qilinadi, sovrin esa 2017 yil 9 yanvar kuni FIFA gala marosimida topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com