FIFA yoshlar miqyosidagi musobaqada yangi qoidalarni sinovdan o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2021, 22:04
FIFA Niderlandiyadagi "Future of Football Cup" yoshlar musobaqasida yangi futbol qoidalari sinovini amalga oshiryapti.

Turnirda quyidagi yangiliklar qo'llanmoqda: 

- to'pni yon chiziqdan oyoq bilan o'yinga kiritish;

- jarima zarbasini yakka tartibda dribling orqali amalga oshirish;

- cheksiz almashtirishlar;

- sariq kartochka olgandan keyin vaqtinchalik (5 daqiqalik) chetlatish;   

- 30 daqiqadan ikki bo'lim o'ynash (to'xtalishlar vaqtida sekundomer to'xtatiladi).  

Aytishlaricha, FIFA ushbu musobaqadan keyin yangi qoidalarni rasmiy o'yinlarga tatbiq etish qarorini ko'rib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com