FIFA Germaniyaning Spiegel jurnalidan Kamerunning kelishilgan o'yinlari haqidagi axborotni berishni so'radi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 11:08
FIFA Germaniyaning Spiegel nashridan JCH-2014dagi Kamerun – Xorvatiya (0:4) o'yini kelishilgani haqidagi dalillarni taqdim etishni so'radi. Bu haqda ITV xabar bermoqda.
Biz Spiegel nashridan Uilson Raj Perumal bilan yozishmalarni va ularning takidlarini tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim etishlarini so'radik, – dedi FIFA matbuot kotibi Deliya Fisher.

Ayni vaqtda bizda bukmekerlik sohasida qandaydir firibgarliklar qilinganini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo'q. Ushbu axborotni o'rganib chiqish hozirgi vaqtda juda ham muhim ahamiyatga ega, – dedi FIFA vakili.

FIFA matbuot kotibining qo'shimcha qilishicha, OAV va boshqa manfaatdor shaxslar sensacion maqolalarni deb boshqa bir guruh odamlar va tashkilotlarning obro'siga putur etkazmasliklari kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kun.uz