FFF prezidenti Zidandan shaxsan uzr so'rashni istagan

Administrator
10 yanv 2023
Noel Le Grening Zidan haqidagi chiqishi katta shov-shuvga sabab bo'lgandi.

Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel Le Gre yaqindagina aytgan so'zlari uchun Zinedin Zidandan shaxsan uzr so'rashni niyat qilgandi. Noel Le Gre dushanba kuni Zidanga qo'ng'iroq qilib, uzr so'ramoqchi bo'lgan. Ushbu qo'ng'iroq amalga oshganmi, yo'qmi bunisi noaniq. Zidanning o'zi vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun bu holat bo'yicha izoh berish niyatida emas. Avvalroq, Le Gre o'z ishi uchun kechirim so'ragandi.

Eslatib o'tamiz, FFF rahbari Zidanning terma jamoaga kelish ehtimoli haqidagi mish-mishlar uni qiziqtirmasligi, qolaversa, ular o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lganmi, deya berilgan savolga Le Gre francuz futboli afsonasi unga qo'ng'iroq qilsa, go'shakni ham ko'tarmasligini aytgandi. 


AdministratorMuallif
Manba: Le Parisien