Ferran Torres: "Barsa" to'g'ri yo'lda, buni engib o'tamiz. Natijalar esa keladi"

Alisher
21 yanv 2022, 14:14
"Barselona" yarim himoyachisi Ferran Torres "Atletik" (2:3, qo'shimcha vaqtlar)ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu og'ir bo'ldi. Ammo, hech qisi yo'q... Biz ishlashda davom etishimiz va oldinga harakatlanishimiz kerak.

Bu yomon vaziyatni engib o'tamiz. Yaxshi o'ynadik deb o'ylayman, ammo individual xatolarga yo'l qo'ydik.

Biz to'g'ri yo'ldamiz. "Atletik"ni tabriklaymiz. Ishlashda davom etishimiz kerak va natijalar keladi", - deydi Torres.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo