Fernandu Santush Ronalduning bugungi holati haqida gapirdi

13 noya 2019, 23:06
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush jamoaning Evro-2020 saralash bosiqichi doirasidagi uchrashuvlari uchun Krishtianu Ronalduni ham tarkibga jalb qildi.

"Agar u shu yerda bo'lsa, uning ahvoli yaxshi. Krishtianu formada bo'lmasa, men uni chaqirmagan bo'lardim", - deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoaning so'nggi 2 bahsida Ronalduni almashtirgan va futbolchining tizzasida muammolar borligi haqida gapirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport