Fernandesh "Sporting" tarkibida so'nggi o'yinini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 17:44
"Sporting" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Football Italia" nashri jurnalisti Nikolo Skiraning taqdim qilgan ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar xavbek bilan 4,5 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Unga ko'ra, portugaliyalik futbolchi yiliga 6 million evro maosh ishlab topadi. Yaqin kunlarda transfer ishlari yakunlanadi.

"A Bola" xabarlariga tayanib aytadigan bo'lsak, MYU hali ham futbolchining transfer narxini tushurishga urinmoqda. "Sporting" esa transfyerdan 70 million evro (60 mln transfer narxi+10 mln bonuslar) ishlab olishni istamoqda.

"Correio da Manha" esa Bruno "Vitoriya"ga qarshi "Sporting" libosidagi so'nggi o'yinini o'tkazgan. Kelasi haftada u Manchesterga uchib ketadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.

Ushbu mavsumda 25 yoshli xavbek "Sporting" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia