Fer Norvichdan KPRga 8 million funt evaziga ko'chib o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 15:00
Leroy Fer transfer oynasi yopilguniga qadar Norvichni tark etadi.
Futbolchiga KPR jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi gollandiyalik futbolchi uchun 8 million funt bermoqchi.

Xarri Rednapp Ferni sotib olishni istayotganini ma'lum qildi.

O'tgan mavsumda 24 yoshli gollandiyalik futbolchi APLda 29ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru