Fekirning “Liverpul” klubiga o'tishi 99% hal bo'lgan

20 may 2018, 09:49
Fransiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini “Liverpul” jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik 24 yoshli futbolchining Mersisayd klubiga transfer qilinishi 99 foizga hal bo'lgan. “Liverpul” Fekir uchun 60 million funt sterling (69 mln evro) to'laydi.

“Men jamoam bilan ajoyib mavsumni o'tkazdim. Futbolchilar, klub rahbariyati, muxlislar va barcha-barchaga o'z tashakkurimni izhor qilaman. Mavsumni chiroyli yakunlay oldik.

“Liverpul” klubiga o'tishim? Men shundoq ham ko'p gapirib, ko'p ma'lumot berib yubordim”, – dedi Fekir “Nicca”ga qarshi kechgan (3:2) o'yindan keyingi matbuot anjumanida. 

O'xshash yangiliklar