Favr - "Nyukasl" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Mirjalol Normatov
12 okt 2021, 00:35
"Nyukasl"ning yangi egalari jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlamoqchi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, Stiv Bryusning ishdan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Ammo klubdagilar uning o'rniga nomzod topa olganicha yo'q. Hozircha "Nyukasl" bosh murabbiyligi uchun Lyusen Favr varianti asosiy nomzod bo'lib turibdi. Shveytsariyalik mutaxassis Dortmundning "Borussiya"sidagi faoliyati bilan barchaga tanish.

Eslatib o'tamiz, Favr o'tgan yozda "Kristal Pelas"ning taklifiga rad javobini bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail