Faustino Asprilya: "Messiga qo'pollik ishlatsang butun dunyo ayuhannos solishni boshlaydi – oldin bunaqasi yo'q edi"

Tolibjon Qosimov
14 okt 2013, 17:05
Kolumbiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Faustino Asprilya so'nggi yillarda futbolda ro'y bergan u sezgan o'zgarishlar haqida gapirib berdi.
"Hozir futbolda tezlik ko'p narsani hal qilyapti. Avval maydonda texnika va tezlik uyg'unligi sezilardi".

"Hujumkor futbolchilarda oldin hakamlar tomonidan bunday qo'llab-quvvatlash yo'q edi. Qiyinroq edi o'ynash".

"Hozir Messiga qarshi qo'polroq o'ynab qolsang, butun dunyo ayuxannos soladi. Yangi Zellandiyadan Argentinagacha".

"Avval menga, Batistuta yoki van Bastenning oyog'iga tepishganida, hech kim bundan katta muammo yasamasdi", dedi Asprilya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru