Farhod Abdullaev tojikistonlik hakamlarga saboq berdi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2014, 17:05
Nafaqat O'zbekistondagi, balki Markaziy Osiyodagi yagona FIFA va OFK nazoratchisi Farhod Abdullaev Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mahalliy hakamlarga seminar o'tib berdi.
Kecha esa Abdullaev Livan poytaxti Bayrut shahrida suriyalik referi Feras Tavilning o'yinni boshqarishini kuzatdi va endi OFKga o'z taassurotlarini yozma tarzda taqdim etadi.



Bugun Farhod Abdullaev Doha shahriga yetib bordi. Yurtdoshimiz 2 aprel kuni OCHL guruh bosqich 4-turi doirasidagi Qatarning “Al-Rayyan” hamda Saudiya Arabistoning “Al-Shabab” jamoalari o'rtasidagi o'yinda Tan Xay boshchiligidagi xitoylik hakamlar harakatini nazorat qiladi.



Farhod Abdullaevning bizga ma'lum qilishcha, u joriy yildan Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Afg'oniston va Pokiston mamlakatlari hakamlariga FIFA tomonidan kurator etib tayinlangan. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com