

Xususan bugun Farg'onada mazkur musobaqa start oldi.
13-14 yoshli bolalar o'rtasida o'tkazilgan mazkur musobaqada O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi vakili Mamur Saidqosimov, Farg'ona viloyati futbol Assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev, turli darajadagi OAV vakillari va ko'plab mas'ul tashkilotlar xodimlari ishtirok etmoqdalar. "Mahallada futbol" musobaqasi butun Respublikamiz bo'ylab ko'tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqa tafsilotlari yuzasidan Farg'ona viloyati futbol Assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Respublikamiz bo'ylab karantin talablari yumshatilganligi tufayli asta-sekin turli darajadagi futbol musobaqalari tashkil etilmoqda. Xususan muhtaram Prezidentimizning futbolni rivojlantirish to'g'risidagi farmonlari ijrosi yuzasidan kuni kecha Marg'ilon shahrida "Futbolimiz kelajagi" musobaqasini tashkil etdik. Bugun esa guvohi bo'lganingizdek, "Mahallada futbol" musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Bu o'z-o'zidan Respublikamizda, shuningdek Farg'ona viloyatida futbolga bo'lgan e'tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.
Futbol musobaqalaridan ko'rib turibmizki, karantin davrida yosh futbolchilar o'yinlarni sog'inib qolishgan. Musobaqalarga ulardagi ishtiyoq va qiziqishni ko'rib barchamiz birdek xursandmiz" - deydi Nosir Otaqo'ziev.






Bekzod Tolibov tayyorladi.



