Fakt. "Navbahor" 8 yildan so'ng darvozasidan 4 ta gol o'tkazdi

Iskandarov Abdulaziz
26 avg 2025, 12:55
Sergey Lushchan boshchiligidagi "Navbahor" O'zbekiston Kubogi chorak finalida Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi (0:4).

Ushbu bellashuvda omad mezbonlarga kulib boqdi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi.  Shu tariqa namanganliklar 8 yildan so'ng darvozasidan 4 ta to'p olib chiqdi. "Navbahor" oxirgi marotaba 2017 yilgi mavsumda shunday hisobda taslim bo'lgan edi. Qarshida "Nasaf" bilan kuch sinashgan "Navbahor" o'sha bahsda ham 0:4 natijasida imkoniyatni boy bergan. 

Jamoa navbatdagi uchrashuvini Superliga doirasida 12 sentyabr kuni o'z maydonida "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia