Fabregas: "Venger menga otamdek edi, undan qarzdorman"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger iste'foga chiqiishi haqidagi xabarga fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi 2003-2011 yillarda "to'pchilar" safida Venger qo'l ostida to'p tepgan.

"Vengerning bu qarorini kutmagan edim. Hech qachon uning maslahatlari, qo'llab-quvvatlashini unutmayman, undan qarzdorman. Venger menga otamdek edi, u doimo meni muvaffaqiyatlarga etaklagan. Arsen, siz hurmat va baxtga loyiq insonsiz" - deydi Fabregas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com