Fabregas Azarni "Chelsi"da qolishga ko'ndirmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 13:57
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas jamoadoshi Eden Azarni londonliklar safida qolishga ko'ndirmoqchi.

Oldinroq, belgiyalik "Real" bilan Ispaniya klubiga o'tish borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi.

"Yolg'on gapirmayman, Eden bilan bu mavzu borasida ko'p suhbatlashamiz. U bizning eng yaxshi futbolchimiz va "Chelsi" o'z yetakchilarini saqlab qolishini xohlaymiz. Azar muxlislar uni qanchalik yaxshi ko'rishini biladi, futbolchilarga esa Eden bilan o'ynash yoqadi. U "Chelsi"da qolishini istaymiz" - deydi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail