Fabino: "Liverpul"ga o'tishimda Firmino muhim rolni o'ynagan"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019, 18:20
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino o'tgan yilning yozida "Monako"dan "qizillar" safiga o'tishida Roberto Firminoning roli haqida gapirib berdi.

"Liverpul"ga o'tishimdan oldin Bobbi (Roberto) bilan klub, shahar va tumanlar haqida suhbatlashganman. Yangi jamoa o'tayotganingda sen bilan hamyurting bo'lishi juda yoqimli, do'stligimiz muhim rolni egalladi" - deydi Fabino.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 45 mln. evro evaziga Fabinoni sotib olgan edi. Joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi APLning 22ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo