Yevropa Konferenciyalar ligasining navbatdagi ikki finali qayerda bo'lishi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2023, 20:54
Yevropa Konferenciyalar ligasining navbatdagi mavsum finali Gretsiyada bo'lib o'tadi.

UEFA ijro qo'mitasi Afinadagi "ORAR Arena" stadioni EKLning 2024 yilda bo'ladigan finalini qabul qilishini ochiqladi. Shuningdek, 2025 yilgi final Vroclavdagi "Gorodskoy" stadionida o'tkaziladi.

Ushbu musobaqaning so'nggi g'olibi "Vest Xem" bo'lgandi. Londonliklar finalda "Fiorentina"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com