Yevropa grandi Koutino uchun "Barselona"ga 270 mln. evro taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2018, 12:26
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faoliyatini boshqa klubda davm ettirishi mumkin.

PSJ braziliyalikka qiziqish bildirmoqda. Parijliklar 26 yoshli futbolchi uchun dunyo futbolidagi rekord mablag' - 270 mln. evro taklif qilishdi, ammo to'ppa-to'g'ri Kataloniya klubiga emas, Koutinoning agenti orqali.

Xavbekning 2023 yilda yakunlanadigan shartnomasidagi tovon puli 400 mln. evro.

Koutinoni xarid qilish g'oyasi uning jamoadoshi Neymarga tegishli.

Koutino yanvarda "Liverpul"dan "Barselona"ga 125 mln. evro evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo