Yevropa chempionlar ligasi. Yarim finalga ertaga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017, 19:15
YCHL chorak final bahslari yakuniga etdi va yarim finalchilar nomi ma'lum bo'ldi.
Ushbu bosqich juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi 21 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Qur'a jarayonida hech qanday cheklovlar bo'lmaydi, yani istalgan klubga istalgan klub raqiblik qilishi mumkin. Bundan tashqari ertaga finalda qaysi juftlik g'olibi rasmiy mezbon bo'lishi ham aniqlab olinadi.

Yarim finalga chiqqan to'rt klub:
"Monako" (Fransiya)
"Real Madrid" (Ispaniya)
"Atletiko" (Ispaniya)
"Yuventus" (Italiya)

Yarim finalning dastlabki bahslari 2-3 may, javob uchrashuvlari 9-10 may kunlari bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia