

1 oy, 10 shahar, 10 stadion va 51 uchrashuv – Evro-2024 davomida Germaniyada shunday tanaffussiz futbolga guvoh bo'lamiz.
14 iyun kuni Myunxenda ochilish bahsida Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari maydonga tushadi. Final esa 14 iyulda Berlinda “Olimpiashtadion” da bo'lib o'tadi.
Amaldagi chempion Italiya sanaladi, asosiy favoritlar sifatida Fransiya, Angliya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya va Niderlandiyani ko'rsatsa bo'ladi. Ularning barchasi Yevropa chempionligi uchun kurashadi.


setantasports.com obunachilari O'zbekistonda 51 bellashuvning barchasini jonli efirda bepul tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'yinlarni faqat Setanta Sports OTT platformasi va ilovasida tomosha qilish mumkin.
Reklama



